Sirdaryo viloyatida o‘tkazilgan keng qamrovli sanitariya tekshiruvlari natijasida 398 ta xususiy va oilaviy bog‘chada qator qoidabuzarliklar aniqlandi.
Asosiy kamchiliklar:
— 60 ta bog‘chada oshxona ta’mirtalab holda;
— suv ta’minotida uzilishlar bor;
— qo‘l yuvish joylari yetarlicha jihozlanmagan;
— xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmagan;
— yotoq jixozlari va xonalar eskirgan.
Natijada ayrim bog‘chalarning faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Mas’ul shaxslarga nisbatan 333 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llanildi.