Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukraina urushini hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishdan bosh tortdi

Rossiya Ukraina urushini hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishdan bosh tortdi

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Efiopiya tashqi ishlar vaziri Gideon Timoteos bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Hozirgi paytda o‘t ochishni to‘xtatish faqat bir narsani anglatadi — Ukrainaning katta qismi nasistlar rejimi nazorati ostida qoladi. Ukrainaning bu qismi butun bir til (rus tili) qonunan taqiqlangan yer yuzidagi yagona joy bo‘ladi. Bu BMTning rasmiy tili va aholining aksariyati so‘zlashadigan til ekanligini aytib o‘tirmasa ham bo‘ladi", — dedi Rossiya TIV rahbari.

Lavrov, shuningdek, “mojaroning asosiy sabablarini bartaraf etmasdan” turib, tinchlik o‘rnatishga chaqiriqlar Rossiya va AQSh prezidentlari Alyaskada erishgan “kelishuvlarga zid” ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 18:38. O'qildi: 1191 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!