Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Amerika OAV: Tramp–Putin uchrashuvi qoldirilishi mumkin

Amerika OAV: Tramp–Putin uchrashuvi qoldirilishi mumkin

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Vengriya poytaxti Budapeshtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvi qoldirilishi mumkin. Bu haqda CNN telekanali manbalariga tayanib xabar berdi.

Oq uy matbuot kotibining CNN telekanaliga ma’lum qilishicha, AQSh davlat kotibi Marko Rubio va uning rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov o‘rtasida kutilgan uchrashuv ham hozircha qoldirilgan. Unga ko‘ra, bekor qilish sabablari ochiqlanmagan, biroq manbalardan biri tomonlarning Rossiya–Ukraina mojarosining yechimi bo‘yicha turlicha qarashlarga ega ekanini ta’kidlagan.

Manba qayd etishicha, mazkur kelishmovchiliklar tufayli Rubio kelasi hafta Tramp va Putin uchrashuvini tavsiya etishi ehtimoldan yiroq emas. Shu bilan birga, ikki davlatning diplomatik rahbarlari shu hafta yana bir marta telefon orqali muloqot o‘tkazishi mumkinligi aytilgan.

Tramp va Putin Budapeshtda uchrashishi kutilmoqda

16 oktyabr kuni AQSh prezidenti Tramp Rossiya prezidenti Putin bilan taxminan ikki yarim soat davom etgan telefon suhbati o‘tkazgan. Suhbat davomida asosan Ukrainadagi mojaro va uning yechimlari muhokama qilingan.

Oq uy rahbari suhbatdan so‘ng ikki davlat o‘rtasida AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida “yuqori darajadagi maslahatchilar uchrashuvi” bo‘lib o‘tishi, shundan keyin esa Vengriya poytaxti Budapeshtda Putin bilan shaxsan uchrashishi rejalashtirilganini aytgan.

Trampning ta’kidlashicha, u va Putin o‘rtasidagi bu uchrashuv “ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi mumkin.”

Kiritildi: 13:04 21.10.2025. O'qildi: 801 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!