Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Zelenskiy va Yevropa yetakchilari urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishga chaqirdi

Zelenskiy va Yevropa yetakchilari urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishga chaqirdi

Buyuk Britaniya hukumati Yevropa mamlakatlari rahbarlari va Ukraina prezidenti Zelenskiyning qo‘shma bayonotini e’lon qildi.

"Biz Trampning jangovar harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi va hozirgi to‘qnashuv chizig‘i muzokaralarning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lishi kerakligi haqidagi pozisiyasini qat’iy qo‘llab-quvvatlaymiz. Xalqaro chegaralarni kuch bilan o‘zgartirmaslik tamoyiliga sodiq qolmoqdamiz", deyiladi ushbu bayonotda.

Evropa rahbarlarining fikricha, Rossiyaning “vaqtni cho‘zish taktikasi” faqat Ukrainagina tinchlikka “jiddiy munosabatda” ekanligini, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa “zo‘ravonlik va vayronagarchilikni tanlashda davom etayotganini” isbotlamoqda.

"Shu sababli, Ukraina har qanday o‘t ochishni to‘xtatishdan oldin, davomida va undan keyin iloji boricha qat’iy pozisiyani egallashi shart. Ukraina zarur resurslarga ega bo‘lishi uchun Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlaridan to‘liq foydalanish choralarini ishlab chiqmoqdamiz", deya ta’kidlandi davlat rahbarlari bayonotida.

Kiritildi: Bugun 17:46. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!