Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Zelenskiy Tramp bilan ikki kun ichida ikkinchi marta telefon orqali suhbatlashdi

Zelenskiy Tramp bilan ikki kun ichida ikkinchi marta telefon orqali suhbatlashdi

Ukraina prezidenti bu haqda o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

"Kechagi muloqotimizda bugungi kun uchun ayrim mavzularni kelishib olgan edik va bugun aynan shu yo‘nalishlarda fikr almashdik. Biz prezident Tramp bilan Ukrainani himoya qilish, havo mudofaasi tizimini kuchaytirish, barqarorlikni oshirish va uzoq masofali zarba berish salohiyatimizni rivojlantirish haqida suhbatlashdik", — deb yozdi Zelenskiy.

Axios nashri ma’lumotiga ko‘ra, 11 oktyabr kungi telefon suhbati chog‘ida Tramp va Zelenskiy Ukrainaga Tomahawk uzoq masofaga uchuvchi qanotli raketalarini topshirish masalasini muhokama qilgan. Biroq AQSh bu borada yakuniy qaror qabul qilgani hozircha noma’lum.

Kiritildi: 19:28 12.10.2025. O'qildi: 721 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!