Mamlakat Mudofaa vazirligi bayonotida aytilishicha, bunday ayblovlar "yolg‘on" bo‘lib, 2023 yil sentyabridan beri 26 nafar kubalik shu kabi xabarlar ortidan xorijdagi qurolli harakatlarda yollanma askar sifatida ishtirok etganligi uchun 5 yildan 14 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan.
Avvalroq Ukrainaning “Xochu jit” (“Yashashni istayman”) tashabbusi Rossiya tomonidan 2023 yil boshidan beri mingdan ortiq kubalik yollanma jangchilar Ukrainadagi urushga jalb qilingani haqida ma’lum qilgan edi.
"Bizda 2023–2024 yillarda Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan 1 028 nafar kubalikning ismlari va shaxsiy ma’lumotlari mavjud", deyiladi ushbu tashabbus bayonotida.