Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Madagaskarda harbiylar norozilik namoyishlariga qo‘shildi — OAV

Madagaskarda harbiylar norozilik namoyishlariga qo‘shildi — OAV

Madagaskar prezidenti Andri Radzuelina mamlakatda “hokimiyatni noqonuniy va zo‘rlik bilan egallashga urinish” sodir bo‘layotganini ma’lum qildi.

Davlat rahbari bu bayonotni Madagaskar armiyasining kadrlar boshqarmasi korpusining (CAPSAT) ayrim harbiy xizmatchilari sentyabr oyida boshlangan norozilik namoyishlariga qo‘shilganidan bir kun o‘tib berdi.

Nepal va Keniya yoshlarining “Z avlod noroziliklari” deb atalgan namoyishlari Madagaskardagi norozilik harakatlari uchun ilhom manbai bo‘lgan.

Namoyishchilar Madagaskar prezidentidan iste’foga chiqishni, zo‘ravonliklar uchun uzr so‘rashni, shuningdek Senat va saylov komissiyasini tarqatib yuborishni talab qilmoqda.

Prezident Andri Radzuelina 2009 yilda aynan CAPSAT harbiylari yordamida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatga kelgan edi.

Kiritildi: 18:44 12.10.2025. O'qildi: 684 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!