Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Patriot havo mudofaa tizimining Rossiya ballistik raketalariga qarshi samaradorligi 6 foizgacha tushib ketgan — ukrainalik harbiy ekspert

 Patriot havo mudofaa tizimining Rossiya ballistik raketalariga qarshi samaradorligi 6 foizgacha tushib ketgan — ukrainalik harbiy ekspert

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining havo hujumidan mudofaa masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari general Igor Romanenko Espresso TV telekanaliga bergan intervyusida Rossiya “Iskander” majmuasi ballistik raketalarining dasturiy ta’minotini modifikasiya qilgani haqida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, raketalar yo‘nalishning oxirgi qismida yangicha manyovrlarni amalga oshirmoqda, bu esa ularni yo‘q qilishni qiyinlashtirmoqda.

"Patriot batareyalarimizning raketalarni samarali yo‘q qilish darajasi 42 foizdan 6 foizgacha tushib ketdi", — deydi Romanenko. Ekspert bu ma’lumotlarni qayerdan olganini aniqlashtirmadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina allaqachon “Iskander” tizimining yangi modifikasiyasi haqida ma’lumot to‘plagan va uni Patriot majmuasining amerikalik ishlab chiqaruvchilariga yetkazgan.

"Ular bunga munosabat bildirishi, ehtimol, o‘z dasturiy ta’minotlarini ham shunga moslashtirishlari zarur", — deydi ukrainalik ekspert.

Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda Rossiya Ukrainaning muhim infratuzilma ob’ektlariga ommaviy zarbalar bermoqda. Natijada elektr stansiyalari ham vayron qilinmoqda. Shu bilan birga, Ukraina Harbiy-havo kuchlari avvalgiga qaraganda kamroq ballistik raketalarni urib tushirmoqda.

Kiritildi: 17:56 12.10.2025. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!