AQSh yozdan beri Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berish uchun Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini yetkazmoqda — Financial Times.
Nashr e’lon qilgan maqolada aytilishicha, bu Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirishga va Putinni muzokaralarga majburlashga qaratilgan muvofiqlashtirilgan harakatlarning bir qismi hisoblanadi.
Kiyev Vashingtondan energetika infratuzilmasi ob’ektlari, ayniqsa Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlariga mahsulotlari yetkazib beriladigan neftni qayta ishlash zavodlari haqidagi razvedka ma’lumotlarini olmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh razvedkasi Ukrainaga zarba berishda yo‘nalish, balandlik, vaqt va vazifalarni bajarish taktikasini aniqlashda yordam bermoqda. Bu esa Ukraina dronlariga Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimlarini chetlab o‘tish imkonini beradi.
Ta’kidlanishicha, Ukraina zarbalar uchun nishonlarni mustaqil ravishda tanlaydi, AQSh esa ob’ektlarning zaif tomonlari haqida razvedka ma’lumotlarini taqdim etadi.
Biroq boshqa manbalarning xabar berishicha, bunda zarbalar uchun ustuvor maqsadlarni ham Vashingtonning o‘zi belgilaydi.