G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining imzolanishi munosabati bilan yig‘ilgan "Tinchlik sammiti"ga 20 davlat rahbarlari ishtirok etadi.
Bu haqda Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisining idorasi ma’lum qilgan.
"Sharm al-Shayxdagi xalqaro "Tinchlik sammiti" 2025 yil 13 oktyabr, dushanba kuni tushdan keyin bo‘lib o‘tadi. Unga Prezident Abdel Fattoh as-Sisi va AQSh prezidenti Donald Tramp hamraislik qiladi va unda 20 dan ortiq davlat rahbarlari ishtirok etadi", — deyiladi idora saytida.