Eron hukumati Tehronga qarshi sanksiyalarni qayta tiklash munosabati bilan "Evrouchlik" davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya) bilan Eron yadroviy muammosi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash uchun asos ko‘rmayapti.
Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi davlat telekanali orqali ma’lum qilgan.
"Eron Yevropaning uch davlati bilan muzokaralarni qayta boshlash uchun hech qanday sabab ko‘rmayapti va o‘z munosabatlarini faqat milliy manfaatlar va mustaqil siyosat asosida qurmoqda", - dedi u.