Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Arab davlatlari Isroil bilan hamkorlikni yashirincha kengaytirmoqda

Arab davlatlari Isroil bilan hamkorlikni yashirincha kengaytirmoqda

Arab davlatlari G‘azo sektoridagi urushni qoralashiga qaramay, uch yildan beri Isroil bilan xavfsizlik sohasida hamkorlikni yashirincha kengaytirib kelmoqda.

Bu haqda The Washington Post nashri ma’lum qildi.

Nashr tomonidan qo‘lga kiritilgan AQSh Markaziy qo‘mondonligining (CENTCOM) beshta hujjati "AQSh harbiylari "Mintaqaviy xavfsizlik modeli" deb ataydigan narsaning yaratilishi haqida batafsil ma’lumot beradi".

Nashrning qayd etishicha, Isroil va olti arab davlati harbiylari CENTCOM tomonidan Bahrayn, Misr, Iordaniya va Qatarda bir qator uchrashuvlar o‘tkazgan.

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni va BAA ham yuqorida tilga olingan modelga kiritilgan, Quvayt va Ummon esa barcha uchrashuvlar haqida ma’lumot berilgan “potensial hamkorlar” hisoblanadi. Ta’kidlanishicha, hamkorlik "yangi ittifoqni tashkil etmaydi" va uchrashuvlar "qat’iy maxfiy ravishda" o‘tkaziladi.

"Erondan kelayotgan tahdid" muzokaralar ortida turgan "harakatlantiruvchi kuch" hisoblanadi.

"Ushbu harbiy aloqalar Isroilning sentyabr oyida Qatarga bergan havo hujumidan keyin inqirozga uchragan edi, biroq endi ular G‘azoda paydo bo‘lgan sulhni nazorat qilishda muhim rol o‘ynashi mumkin", deb yozadi WP.

CENTCOM vakillari, shuningdek, Isroil va olti arab davlati izoh berishdan bosh tortdi.

Kiritildi: 10:15 12.10.2025. O'qildi: 852 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!