Bugun 15 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Meksikadagi suv toshqinlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Meksikadagi suv toshqinlari natijasida qurbon bo‘lganlar soni ortib bormoqda

Meksikaning markaziy va janubiy hududlarida sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik, suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 37 kishiga yetdi.

Bu haqda El Universal gazetasi Fuqarolik mudofaasi xizmatiga tayanib xabar bermoqda.

Hisobotga ko‘ra, Idalgo shtatida 22, Pueblada to‘qqiz, Verakrusda besh va Keretaroda bir kishi halok bo‘lgan.

Besh shtatdagi 117 ta munisipalitetda yordam ko‘rsatish harakatlari kuchaytirilmoqda.

Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaumning ma’lum qilishicha, tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun 5000 dan ortiq harbiy xizmatchilar va qutqaruvchilar safarbar etilgan.

Kiritildi: 09:45 12.10.2025. O'qildi: 501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!