Bugun Afg‘oniston xususiy sektor ishbilarmon doira vakillarining delegasiyasi Toshkentga yetib keldi.
Ular 13 oktyabr kuni o‘zbek tadbirkorlari bilan bo‘lib o‘tadigan biznes uchrashuvlarda ishtirok etadi. Tadbirda Afg‘onistondan 80 ga yaqin tadbirkor ishtirok etib, qo‘shma loyihalar, savdo aloqalari va investisiya imkoniyatlarini muhokama qiladi.