Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

O‘zbekiston energetika tizimi kuz-qish mavsumiga tayyormi?

O‘zbekiston energetika tizimi kuz-qish mavsumiga tayyormi?

Energetika vazirligi kuz-qish mavsumidagi rejimga o‘tilib, soha tashkilotlarida 24/7 navbatchilik joriy etilganligini ma’lum qildi.

Kuz-qish mavsumida aholi va korxonalarni uzluksiz elektr hamda gaz bilan ta’minlash uchun energetika sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri mamlakat bo‘ylab 7 ming kilometrdan ortiq elektr uzatish tarmoqlari va 1 731 ta transformator punkti yangilangan. Yozda iste’mol soatiga 13,3 GW ni tashkil etgan bo‘lsa, qishda bu ko‘rsatkich 13,5 GW gacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

2024 yilda 81,5 mlrd kWh elektr ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025 yil yakunida 85,5 mlrd kWh ko‘rsatkichga yetishi rejalashtirilgan. Yil oxirigacha 3 000 MW quvvatga ega quyosh va shamol stansiyalari, 1 167 MW li issiqlik elektr stansiyasi va 1 500 MW dan ziyod energiya saqlash tizimlari ishga tushiriladi.

Gaz ta’minotida ham modernizasiya ishlari amalga oshirilgan: 538 km gaz quvurlari yangilandi, 951 ta taqsimlash punkti ta’mirlandi. Suyultirilgan gaz yetkazib berish ko‘lami yil boshidan 464 ming tonnaga yetgan bo‘lsa, yil oxirigacha yana 199 ming tonna qo‘shimcha yetkazib beriladi. Shuningdek, 29 mingdan ortiq maishiy gaz ballonlari zaxirasi shakllantirildi.

Vazirlikka ko‘ra, ehtimoliy avariyalarning oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish uchun maxsus operativ brigadalar tashkil etilgan. Ular zarur texnika, materiallar va himoya vositalari bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, «Milliy elektr tarmoqlari» rahbari Dadajon Isaqulov 5 oktyabrga qadar tizim pik yuklamalarga to‘liq tayyor bo‘lishini aytgan edi.

Kiritildi: 13:49 04.10.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!