O‘zbekistonda ayollarning 93,1 foizi internetdan foydalanadi.
🤩 Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga asosan, 2025 yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi 93,1 % ni tashkil etdi.
👨🦱 Mazkur davrda ushbu ko‘rsatkich erkaklarda 95,3 % qayd etildi.
📊 O‘zbekistonda yillar kesimida internetdan foydalanuvchi ayollar ulushi:
2021 yil – 72,6 %;
2022 yil – 81 %;
2023 yil – 87,3 %;
2024 yil – 92,4 %;
2025 yil (yanvar-avgust) – 93,1 %.
📊 Yillar kesimida internetdan foydalanuvchi erkaklar ulushi:
2021 yil – 80,6 %;
2022 yil – 86,9 %;
2023 yil – 90,9 %;
2024 yil – 94,2 %;
2025 yil (yanvar-avgust) – 95,3 %.