O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2025 yil birinchi yarim yilligi yakuni bo‘yicha 72,2 mlrd dollarni tashkil qildi.
Bunda davlat tashqi qarzi 36,8 mlrd dollarga, korporativ tashqi qarz esa 35,4 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Umumiy tashqi qarz olti oy ichida 8,1 mlrd dollarga ko‘paygan. Bunda davlat tashqi qarzi 2,9 mlrd dollarga, korporativ tashqi qarz esa 5,2 mlrd dollarga oshgan.
Davlat tashqi qarzi asosan byudjet taqchilligini qoplashga yo‘naltirilsa, korporativ tashqi qarz O‘zbekistondagi kompaniyalar olayotgan qarzni anglatadi.