Bugun 5 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Putin mamlakatdagi xorijiy aktivlarini milliylashtiradi, agarda...

Putin mamlakatdagi xorijiy aktivlarini milliylashtiradi, agarda...

Putin agar Yevroittifoq Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini musodara qilsa, mamlakatdagi xorijiy aktivlarini milliylashtirishga ko‘rsatma berdi — Bloomberg.

Agentlikning xabar berishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 30 sentyabr kuni aktivlarini tezlashtirilgan tartibda maxsus yo‘l bilan sotishga ruxsat beruvchi farmonni imzolagan. Hujjatda bu choralar xorijiy davlatlarning, jumladan, sanksiyalar ko‘rinishidagi harakatlariga javob bo‘lishi qayd etilgan.

"Bu farmon Rossiya va xorijiy kompaniyalarni sotish jarayonini jadallashtirishga qaratilgan. Agar Yevropa Ittifoqi Rossiya aktivlarini musodara qilishni boshlab yuborsa, Moskva ham shunga o‘xshash choralar bilan javob qaytarishi mumkin", — deya ta’kidladi Bloomberg manbasi.

2022 yilda Rossiya Ukrainaga keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan keyin G‘arbning ko‘pchilik kompaniyalari mamlakatni tark etdi. Biroq Uni Credit, Raiffesisen Bank International, PepsiCo va Mondeles kabi kompaniyalari haligacha Rossiyada faoliyatini davom ettirmoqda.

Sentyabr oxirida Yevropa Ittifoqi rahbarlari Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini garovga qo‘ygan holda Ukrainaga 140 milliard yevro kredit berish rejasini ma’qulladi. Kreml bu rejani qoraladi va uni "o‘g‘rilik" deb atadi.

Kiritildi: 16:57 02.10.2025. O'qildi: 1137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!