Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Donald Trampga Tren de Aragua narkokarteli yetakchilarini topishda yordam berishni taklif qilgan deb xabar bermoqda Bloomberg.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, u bu taklifni sentyabr oyida AQSh prezidentining maxsus vakili Richard Grenell orqali yetkazgan.
Biroq nashr manbalaridan birining aytishicha, Tramp ma’muriyati Maduro va uning hukumatini "qonuniy" deb tan olmaydi, shu sababli Karakas foyda ko‘rishi mumkin bo‘lgan hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.