Nashr manbasining ma’lum qilishicha, agar AQSh Kongressi joriy yilning 1 oktyabrigacha vaqtinchalik byudjetni qabul qilishga ulgurmasa, federal idoralar faoliyati to‘xtab qolishi mumkin. Shu bois kongressmennlardan iborat bir necha delegasiyalarning safarlari bekor qilingan.
"Rasmiy safarlarning bekor qilinishi hukumat xizmatchilari “shatdaun”ga hozirlana boshlaganining eng yaqqol belgilaridan biridir, chunki respublikachilar va demokratlar vaqtinchalik byudjet masalasida kelishuvdan ancha yiroq ko‘rinmoqda", deyiladi Axios xabarida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp respublikachilarni hukumat faoliyatinining to‘xtalishidan saqlanish uchun vaqtinchalik byudjetni qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan va demokratlarni atayin “shatdaun”ni yuzaga keltirishga urinishda ayblagandi.