Xitoy Qo‘shma Shtatlarni Eronning yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlash taklifiga ijobiy javob berishga va Eronga keyingi hujumlardan tiyilish majburiyatini olishga chaqirdi.
Bu haqda Xitoyning BMTdagi doimiy vakili o‘rinbosari Gen Shuan BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Biz AQShni Eronning muzokaralarni davom ettirish haqidagi taklifiga ijobiy javob berib, Eronga qarshi keyingi harbiy zarbalardan tiyilish bo‘yicha so‘zsiz majburiyat olib, siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqiramiz", - dedi Gen.
Uning ta’kidlashicha, muloqot va muzokaralar Eron yadroviy muammosini hal qilishning "yagona hayotiy varianti"dir. Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘azoda davom etayotgan mojaro va Yaqin Sharqdagi beqarorlik fonida Eron yadroviy muammosini hal qilishning izdan chiqishi “mintaqaviy xavfsizlik inqirozini keltirib chiqarishi mumkin, bu xalqaro hamjamiyatning umumiy manfaatlariga ziddir”.