AQSh qirg‘oq xavfsizligi dengizda bir qator operasiyalar o‘tkazdi, natijada qiymati 220 million dollardan ortiq bo‘lgan 13,5 tonnadan ortiq kokain musodara qilindi.
Bu haqda CBS telekanali ma’lum qildi.
"AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati so‘nggi paytlarda giyohvand moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan qayiqlarni qo‘lga olish natijasida 220 million dollardan ortiq kokainni musodara qilganini e’lon qildi", dedi telekompaniya.
Reydlar avgust va sentyabr oylarida Meksika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerika qirg‘oqlari yaqinidagi suvlarda bo‘lib o‘tdi. AQSh huquq-tartibot idoralari yonayotgan kemaning suratini e’lon qildi. Biroq, telekanalning ta’kidlashicha, kema qanday yonib ketgani va bortda kimdir bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noma’lum.