“Nogironlikni belgilash tizimi raqamlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 587-sonli Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan tizimda qator o‘zgarishlar kiritilmoqda. (https://t.me/ijtimoiyhimoya_agentligi/5277)
Avval bemorlar faqat tuman markaziy poliklinikalarining vrachlik-maslahat komissiyalariga og‘zaki murojaat qilgan bo‘lsa, endilikda nogironlikni belgilash masalasida “Inson” markazlari, ijtimoiy xodimlar, my.gov.uz portali va oilaviy shifokorlar orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
Tajriba-sinov davrida (2025 yil 1 apreldan bugungi kunga qadar) Toshkent shahri va Navoiy viloyatidan 12,5 ming ariza tushgan. Shundan:
➡️ “Inson” markazi orqali – 6,5 ming (52,4%),
➡️ oilaviy shifokor orqali – 5,9 ming (47,5%),
➡️ elektron portal orqali – 17 ta (0,1%).
❌ Nogironlikni belgilashdan avval barcha uchun bir xil davolanish lozim muddatlar (4 oydan 6 oygacha) bo‘yicha talab bekor qilinib, kasallikdan kelib chiqib, individual davolanish muddatlari va minimal tibbiy tekshiruv mezonlari belgilandi.
🔎 Qolaversa, sirtdan (ko‘rikka chaqirtirmasdan) nogironlik belgilanadigan kasalliklar va uning asoratlari ro‘yxati 48 tadan 60 taga kengaytirildi.