Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Hokim yordamchisi qo‘lga olindi: u pulni boshqa mansabdorlarga berishi kerak bo‘lgan

Hokim yordamchisi qo‘lga olindi: u pulni boshqa mansabdorlarga berishi kerak bo‘lgan

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda 1996 y.t. fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali tuman hokimligi zaxirasidagi 2,5 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 30 yil muddatga ijaraga olib berish evaziga 29 mln so‘m talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar idoralari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u ushbu pul mablag‘ini “O‘zdaverloyiha” ilmiy loyihalash institutining “Survilerloyiha” bo‘linmasi muhandisi hamda Sariosiyo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi sho‘’ba boshlig‘iga berishi kerakligi ma’lum bo‘ldi.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, muhandis va sho‘’ba boshlig‘i ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:33 23.09.2025. O'qildi: 1287 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!