Bugun 26 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizga uylangan erkakka va nikoh o‘qigan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizga uylangan erkakka va nikoh o‘qigan shaxsga jinoyat ishi ochildi

Surxondaryo viloyati, Denov tumanida 15 yoshli qizga uylangan yigit va ularga nikoh marosimini o‘tkazgan shaxsga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 2025 yil 8 iyul kuni Denov tumanida yashovchi 67 yoshli ayol 15 yashar nabirasini 28 yoshli yigitga turmushga berish marosimini tashkil qilgan. Qiz voyaga yetmagani sababli, nikoh qonunda ko‘rsatilgan tartibda qayd etilmagan. Ammo 75 yoshli erkak moddiy manfaat evaziga ularga shar’iy nikoh marosimini o‘tkazgan.

Holat yuzasidan nikoh o‘qigan shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining nikoh yoshi to‘g‘risidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish, kuyovga esa 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishni nazarda tutuvchi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozir jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:55 24.09.2025. O'qildi: 3184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!