2025 yil “Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili” doirasida UZTELECOM o‘zining yangi ekologiya mavzusidagi merchini taqdim etdi. Ushbu merch dizaynida Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan biri devorida chizilgan ekologik ruhdagi muraldan ilhom olingan.
Mazkur tashabbus axborot texnologiyalari haftaligi — "ICT Week Uzbekistan 2025" davomida namoyish qilinmoqda. To‘rt kun davomida istalgan foydalanuvchi “MyUZTELECOM” ilovasining “Yashil makon” bo‘limi orqali xayriya uchun mablag‘ yo‘naltirib, kompaniya tomonidan tayyorlangan merchni qo‘lga kiritishi mumkin. Bu merchlar sotilmaydi va soni cheklangan.
Xayriyaga hissa qo‘shganlar uchun futbolkalar, kepkalar va boshqa sovg‘a mahsulotlari taqdim etiladi. Bu orqali kompaniya nafaqat ekologik madaniyatni targ‘ib qiladi, balki jamiyatni xayriya va “yashil” tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga undaydi.