Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.
Marosimda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy ishtirok etdi. Vazir 2014 yil 18 martda yopilgan Vashingtondagi elchixona binosida Suriya bayrog‘ini ko‘tardi.
Asad Hasan al-Shiboniy mazkur voqeani "tarixiy lahza" deb atadi va bayroqning ko‘tarilishi "Suriya hujumatining qonuniyligi va xalqaro maydondagi diplomatik ishtirokining tasdig‘i" ekanini bildirdi.