Bugun 20 sentyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Tramning samolyoti halokatga uchrashiga sal qoldi

Tramning samolyoti halokatga uchrashiga sal qoldi

Holat Britaniyaga parvoz vaqtida sodir bo‘lgan.

Bloomberg’ning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampni Londonga olib ketayotgan Boeing 747 Nyu-York osmonida yo‘lovchi samolyot bilan to‘qnashib ketishiga sal qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Spirit Airlines’ga tegishli layner prezident samolyotiga juda yaqin kelib qolgan. Havfli vaziyatni havo harakati dispetcheri o‘z vaqtida payqab, ekipajga yo‘nalishni o‘zgartirish haqida ko‘rsatma bergan.

Shu tarzda ehtimoliy halokatning oldi olingan va prezident samolyoti Britaniyaga parvozini davom ettirgan.

Kiritildi: 12:56 18.09.2025. O'qildi: 1572 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!