Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tehronda Eron, Hindiston va O‘zbekiston moliyaviy protokol bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

Tehronda Eron, Hindiston va O‘zbekiston moliyaviy protokol bo‘yicha uch tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

Tehronda Eron, Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi Moliyaviy protokolning birinchi uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vazirligi bayonotiga tayanib Mehr agentligi xabar berdi.

Muzokaralarda Eron Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Muhammad Rizo Bahromiy, Hindiston TIV qo‘shma kotibi Anand Prakash, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining Janubiy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i G‘ulomjon Primqulov ishtirok etdi.

Tomonlar bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib, ularning mintaqada savdo-sotiqni rivojlantirish va barqarorlikni ta’minlashdagi ahamiyatini ta’kidladilar.

Uchrashuvda ishtirokchilar transport-logistika sohalarida, xususan, portlardan strategik foydalanish hamda Rossiya Federasiyasi, Eron, Ozarbayjon va Hindistonning qo‘shma loyihasi bo‘lgan “Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘lagi (INSTS) orqali hamkorlikni kengaytirishga e’tibor qaratdilar.

Kiritildi: 12:45 14.09.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!