«Pugachyova kabi xalq dushmanlari va xiyonatkorlar chechen xalqi uchun eng og‘ir davr haqida ahmoqona mulohazalar bildirmasligi kerak», — dedi Qodirov o‘z bayonotida.
10 sentyabr kuni YouTube'da Alla Pugachyovaning uch soatlik intervyusi e’lon qilindi. Unda u birinchi chechen urushi haqida ham gapirdi:
«...Ayniqsa, birinchi chechen urushi xotiramda saqlanib qolgan, chunki men Johar Dudayevni bilardim. U juda yaxshi, tarbiyali, intelligent, go‘zal inson edi», — dedi Pugachyova.
Johar Dudayev — 1990-yillarda Chechen separatistlarining yetakchisi va o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Ichkeriya Respublikasining birinchi prezidenti bo‘lgan. U 1996 yil aprelda Rossiya harbiylari tomonidan o‘ldirilgan.
Pugachyova 2022 yilda Rossiya—Ukraina urushi boshlangach, mamlakatni tark etgan edi. Unga Katerina Gordeeva bilan suhbat — urush boshlanganidan beri birinchi katta intervyu bo‘ldi. YouTube’dagi videoni besh kun ichida 17 milliondan ortiq kishi ko‘rdi.