Angliyaning Liverpul shahriga mezbonlik qilgan boks bo‘yicha Jahon chempionati yakuniga yetdi. Turnirga oid qiziq faktlar bilan tanishtirib o‘tamiz.
O‘zbekiston terma jamoasi dunyo birinchiligida ilk bor 6 ta oltin medal oldi;
Yigitlarimiz 6 ta oltin va 1 ta kumush medali bilan erkaklar terma jamoalari orasida birinchi bo‘lishdi;
Abdumalik Xalokov va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ikkinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritishdi;
Erkaklar o‘rtasida barcha vazn toifalaridagi oltin medallar faqat O‘zbekiston va Qozog‘iston terma jamoalariga nasib etdi;
Abdumalik Xalokov va Akmaljon Isroilov barcha janglarda har bir raundni 5:0 hisobida o‘z foydalariga yozdirib qo‘yishdi;
To‘rabek Habibullayev, Akmaljon Isroilov, Javohir Ummataliyev va Fazliddin Erkinboyev birinchi bor kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashishdi va ilk urinishdayoq oltin medalga sazovor bo‘lishdi;
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini (1 ta kumush va 3 ta bronza) takrorladi.