Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Maryam Tillayeva nega onasi Lola Tillayeva bilan aloqani butunlay uzgan?

Maryam Tillayeva nega onasi Lola Tillayeva bilan aloqani butunlay uzgan?

O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva Instagram sahifasida obunachilardan kelgan turli savollarga javob qaytardi. U onasi Lola Tillayeva bilan munosabatlari to‘g‘risidagi savolga javobini ham e’lon qilgan. Bu haqda kun.uz yozmoqda.

— Onangiz bilan umuman gaplashmaysizmi?

— Yo‘q, u bilan muloqot qilmayapman. U yaqin qarindoshlarim orasida men muloqotni butunlay uzgan yagona inson.

Men uning o‘zini tutishini juda g‘alati deb hisoblayman: u doimo boshqalarga o‘zini yaxshi ko‘rsatishga, ba’zida jabrdiyda ayol bo‘lib ko‘rinishga intiladi. Biroq O‘zbekistonga kelgan bo‘lsa-da, onasining uyiga hatto qadam ham bosmagan va o‘zini juda g‘alati tutgan.

Bu holat menga bir paytlar og‘riqli ta’sir qilardi, lekin hozir bunga ko‘nikkanman va shunchaki onam shunaqaligi faktini qabul qilganman. Ukam va singlimga esa achinaman.

— Onangiz bilan ziddiyat sababi nimada va bu qancha vaqtdan beri davom etmoqda?

— Biz besh yildan beri gaplashmayotganimizga qaramay, mening ichki sezgim juda kuchli va hech qanday aloqa qilmasam-da, qandaydir tarzda uning hayotida nimalar yuz berayotganini bilib turaman.

Vaqt o‘tishi bilan o‘zaro munosabatlardagi muammolar ko‘payib bordi. Men qachon yarashishimiz mumkinligini bilmayman, chunki uni borgan sari tanimay qolyapman... Eshitganlarimga ko‘ra, u o‘zidan qochadigan va omma e’tiborini qozonish uchun ko‘p narsaga qo‘l uradigan odamdek ko‘rinmoqda. Oilamiz tarixi murakkab, ba’zi voqealarni esa buvim va boshqa qarindoshlarimga hurmat yuzasidan oshkor eta olmayman.

Shu bilan birga, onamning menga qarshi nosog‘lom raqobat qilishga urinishini his qilaman. Bu so‘zlarim, albatta, mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi: axir men qanday qilib unga raqobatchi bo‘lishim mumkin? U meni dunyoga keltirgan bo‘lsa, men 50 foiz onam, 50 foiz otamman.

— Sizga havas qilmayman. Bunday oilani hech kimga ravo ko‘rmayman!

— To‘g‘ri aytasiz, xuddi shunday fikrni mening do‘stlarim ham bildirgan. Hatto ularga bor voqeani to‘liq aytib bermagan bo‘lsam ham, do‘stlarim menga havas qilishmaydi. Nima bo‘lganda ham, yuqori mansab va pul kabilar asab, ko‘z yoshlar va oilaviy mojarolarga arzimaydi.

Men o‘zim uchun qaror qilganman: bundan keyin hayotimdan faqat zavqlanib yashayman, o‘zim istagan ishni qilaman. Ochig‘i, kim nima desa ham menga farqi yo‘q. Men yaqinlarimning xatti-harakatlari uchun javobgar emasman va aniqki Tereza ona emasman, hammani qutqarish yoki yarashtirish vazifam emas. Men shunchaki o‘z hayotimni yashayman va o‘z oilamni quraman.

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 1498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!