Evropa davlat prokuraturasi Pirey portida 2435 ta yuk tashish konteyneri musodara qilingani haqida xabar berdi.
Politico nashri xabar berishicha, bu operasiya musodara qilingan konteynerlar soni bo‘yicha Yevropa Ittifoqi tarixidagi eng yirik operasiya bo‘ldi.
"Evropa prokuraturasi Pirey portida 2435 ta yuk tashish konteynerini musodara qildi", — deb yozadi nashr.
Konteynerlarda asosan elektr velosipedlar, to‘qimachilik mahsulotlari va poyabzallar bo‘lgan.
Evropa davlat prokuraturasi ushbu tovarlarning Yevropa Ittifoqi hududida noqonuniy aylanishini tashkil qilishda gumon qilingan olti nafar shaxsga qarshi ayblov e’lon qildi. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, ittifoq mamlakatlari byudjeti bojxona to‘lovlari va QQSdan 800 million dollarga yaqin yo‘qotishi mumkin.