Nashrning yozishicha, 16 sentyabr kuni ertalab Vladivostok yaqinidagi Shitovaya buxtasi hududidagi harbiy ob’ektda bir necha portlashlar yuz berdi. Xaritalarda bu ob’ekt “ombor” deb kovrsatilgan, ammo Telegram'dagi “VCHK-OGPU” kanali ishonchli manbalarga tayanib, bu Rossiya Qurolli kuchlarining 40159-raqamli harbiy qismi bo‘lishi mumkinligini bildirdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashlardan so‘ng darhol maxfiy ob’ektga kuch tuzilmalari va favqulodda xizmatlar yig‘ila boshlagan, osmonga Mi-8 vertolyoti ko‘tarilgan.
Primore o‘lkasi rasmiylari “portlashlar” gaz uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq ekanini ma’lum qilgan, deb xabar beradi The Moscow Times nashri.
Ukraina razvedkasi (GUR) manbasi “Ukrinform” va “RBK-Ukraina” axborot agentliklariga Shitovaya hududida maxsus operasiya o‘tkazilganini, natijada bir necha rossiyalik harbiylar yo‘q qilinganini bildirgan. Qayd etilishicha, mazkur harbiy qismdagilar Ukraina aholisi va ukrainalik asirlarga nisbatan “juda shafqasizligi” bilan ajralib turgan.
Ommaviy axborot vositalariga kovra, hujum qilingan harbiy qism askarlari Kiyev, Ugledar, Mariupol, shuningdek Kursk va Pokrovsk yo‘nalishlarida janglarda ishtirok etgan.