BMT Bosh Assambleyasi 12 sentyabr kuni Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal qilish va ikki davlat - Isroil va Falastinni tuzish to‘g‘risidagi deklarasiyani ma’qulladi.
Deklarasiyani 142 mamlakat, jumladan, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ham yoqladi. 10 davlat qarshi bo‘ldi, ular orasida AQSh va Isroil bor. 12 davlat, jumladan, Ispaniya, Kamerun va Shimoliy Makedoniya betaraf qoldi.
Deklarasiya quyidagilarni nazarda tutadi:
➖ G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish;
➖ garovga olinganlarning barchasini ozod qilish;
➖ yashovchan va suveren Falastin davlatini yaratish;
➖ HAMASni qurolsizlantirish va G‘azodagi boshqaruvdan chetlatish;
➖ Isroil va arab mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish;
➖ xavfsizlikning jamoaviy kafolatlari.