Bugun 17 sentyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Namangan viloyatida yashirin dori omborlari fosh etildi

Namangan viloyatida yashirin dori omborlari fosh etildi

🖥Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Namangan viloyat bojxona boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Uychi tumanida yashovchi, 1985, 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, kontrafakt va sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanayotganliklari fosh etildi.

🚨Ularga tegishli bo‘lgan Namangan shahri va Uychi tumanidagi 5 ta manzildagi mavjud yashirin omborlar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

💊Natijada, Xitoy, Rossiya, Xindiston, Fransiya, Italiya, Turkiya, Vyetnam, Isroil, Polsha, Ukraina, Germaniya va boshqa davlatlarda ishlab chiqarilgan hamda tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan, taxminiy qiymati 7,2 mlrd so‘mlik 1267 turdagi jami 102640 quti kontrafakt dori vositalari (“Geparin”, “Aktovegin”, “Xilak forte”, “Ursofalk” va boshqalar) mavjudligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirilib olindi. Shuningdek, ular orasida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan “Testosteron” va “Retobolil” nomli preparatlar mavjudligi ham ma’lum bo‘ldi.

🔽Aniqlanishicha, mazkur kontrafakt dori vositalari mamlakatimizga Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan.

⚖️Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksiniing 186-3 va 251-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rejalashtirilib, hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:58 14.09.2025. O'qildi: 627 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!