Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda o‘quvchinining hayotini xavfga qo‘ygan haydovchi jazolandi

Qashqadaryoda o‘quvchinining hayotini xavfga qo‘ygan haydovchi jazolandi

Shahrisabzda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘quvchiga yo‘l bermay, xavfli vaziyat keltirib chiqargan 68 yoshli haydovchi transport boshqarish huquqidan 1 yilga mahrum etildi.

11 sentyabr kuni Shahrisabz shahrida Damas haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan bolaga yo‘l bermay, uning hayotini xavf ostida qoldirgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Kadrlarda bola yo‘ldan o‘tayotganda boshqa mashinalar to‘xtagani, ammo Damas harakatni to‘xtatmagani ko‘riladi. O‘quvchi qochishga urinishi oqibatda yiqilib ketib, mashinaning og‘ir zarbasidan omon qolgan. Avtomobil esa katta tezlikda uning yon tomonidan o‘tib ketgan.

YHXX axborot xizmati ma’lum qilishicha, bu holatni sodir etgan qoidabuzar haydovchi topilgan va unga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Shahrisabz shahri sudi haydovchini BHMning 25 baravari miqdorida (10,3 mln so‘m) jarima to‘lashga hamda bir yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etishga hukm qildi.

Hodisa yo‘llarda piyodalar xavfsizligi masalasi yanada dolzarb ekanini ko‘rsatdi.

Kiritildi: 14:45 13.09.2025. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!