Bugun 16 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

2026 yildan Qirg‘iziston O‘zbekistonga suvni sotadi

2026 yildan Qirg‘iziston O‘zbekistonga suvni sotadi

Qirg‘iziston 2026 yildan yangi Suv kodeksini joriy etib, suvdan foydalanishni to‘liq to‘lovli qilishni rejalashtirmoqda. Bu qaror Markaziy Osiyoda o‘nlab yillar davomida amal qilib kelgan “yozda suv – qishda elektr energiyasi” almashinuv tizimini izdan chiqarishi mumkin.

O‘zbekiston va Qozog‘iston uchun masala ayniqsa muhim, chunki mintaqada qishloq xo‘jaligi va sanoat sug‘orish suviga qattiq bog‘liq.

2025 yil sentyabrda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston suv-energetika muvozanatini saqlash uchun vaqtinchalik bayonnoma imzolagandi. Biroq asosiy o‘zgarishlar 2026 yildan kutilmoqda.

2025 yil 1 iyulda qabul qilingan va 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan Qirg‘izistonning yangi Suv kodeksi suvni neft va gaz kabi qimmat resurs maqomiga chiqaradi.

Kiritildi: 16:08 15.09.2025. O'qildi: 1311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!