"Hozirda Rossiya harbiy korxonalari yiliga taxminan 30 000 dona dron ishlab chiqarishga qodir. 2026 yilda bu ko‘rsatkich ikki baravar oshishi mumkin", deb yozadi gazeta.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil boshidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga hujumlarda 34 000 dan ortiq zarbali va chalg‘ituvchi dronlardan foydalangan, bu o‘tgan yilga nisbatan to‘qqiz barobar ko‘p.
"Dronlarning ommaviy ishlab chiqarilishi Ukraina uchun jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda va uning ilgari mavjud bo‘lgan ustunligini sezilarli darajada kamaytirdi", deyiladi maqolada.