Ukraina uzra uchish taqiqlangan hudud yaratishga qaratilgan navbatdagi urinish mojaroning kuchayishiga va NATOning urushga yanada kirishiga olib keladi. Bu haqda AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi va Pentagonning sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor aytib o‘tdi.
"Evropaliklar Ukraina uzra uchish taqiqlangan hududni joriy etish haqida yana gapira boshlashdi, shundan keyingina uning maqomidan foydalanib, bu hududga qo‘shin kiritadi", — dedi u.
Ekspertning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin agar Ukrainada biron bir qo‘shin paydo bo‘lsa, ular Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini aniq aytgan.
"Agar Ukrainada birdaniga qo‘shinlar paydo bo‘lsa, ayniqsa hozir, janglar davom etayotganda, ular qonuniy yo‘q qilish nishoniga aylanadi", — ta’kidladi Makgregor.