Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Gvardiola: "Husanov bexato o‘ynadi"

Gvardiola: "Husanov bexato o‘ynadi"

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "MYu"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng himoyachi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

«Kelasi o‘n bir oy ichida biz har uch kunda maydonga tushamiz. Husanov himoyaning o‘ng qanotida barcha o‘yinlarni o‘tkazishi mutlaqo mumkin emas — buni hech bir odam ko‘tara olmaydi. Bizga barcha futbolchilar kerak bo‘ladi.

Ammo men ishonamanki: unda ajoyib jismoniy holat bor, u yosh, u hali o‘rganish kerak, lekin juda tezkor. U o‘z zonasini ishonchli yopdi, toza o‘ynadi va deyarli to‘p yo‘qotmadi. Ba’zan uning energiyasi noto‘g‘ri qarorlar qabul qilishga olib keladi, lekin biz u bilan kelganidan beri ko‘p gaplashyapmiz — bu vaqt masalasi.

Uning hayratlanarli tezligi, diqqat-e’tibori bor va bugun u rostdan ham juda yaxshi o‘ynadi».

Kiritildi: Bugun 09:00. O'qildi: 1142 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!