Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Naoya Inoue: "Bu Murodjonning sharofati bilan edi"

Naoya Inoue: "Bu Murodjonning sharofati bilan edi"

Ikkinchi yengil og‘irlik toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (31-0, 27 KO) o‘zbekistonlik WBAning «vaqtinchalik» jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev (14-2, 11 KO) ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

«Men Murodjon Ahmadaliyev kabi kuchli jangchi bilan ringga chiqish uchun juda katta motivasiyaga ega edim. U juda yaxshi boks qiladi. Uning sababli men bugun shunday yuqori darajada jang qila oldim.

Rejalarimga ko‘ra, shu yilning keyinroq Saudiya Arabistonida jang o‘tkazaman. Yana bir jangdan so‘ng senga yetib boraman, Dzunto Nakatani», — dedi Inoue.

Inoue Ahmadaliyevni hakamlar bir ovozdan qaror chiqargan holda mag‘lub etdi — 117-111, 118-110, 118-110.

Naoyaning keyingi jangini meksikalik David Pikassoga qarshi 27 dekabr kuni o‘tkazishi belgilangan.

Kiritildi: Bugun 15:08. O'qildi: 2792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!