Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yakshanba kunidan O‘zbekistonda havo pasaya boshlaydi

Yakshanba kunidan O‘zbekistonda havo pasaya boshlaydi

Harorat asosan kechalari 16-19 daraja bo‘ladi.

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlari bo‘yicha harorat pasaya boshlaydi. Havo harorati kunduzi 25-30 darajadan, janubda 33-35 darajadan yuqori bo‘lmaydi. Bu haqida O‘zgidromet xabar berdi.

Bugun kunduzi shimolda va cho‘l hududlarda, dam olish kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Kunduzi havo harorati: bugun 33-35 daraja, ertaga 31-33 daraja, yakshanba kuni 27-29 daraja bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari 16-19 daraja bo‘ladi.

Keyingi haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga salqin havo kirib kelishi davom etadi. Havo harorati kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 20-25 darajagacha pasayadi. Respublikaning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 12:55 12.09.2025. O'qildi: 720 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!