Bugun 15 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Netanyaxu yana bir bor Qatarga hujum qilish niyatida ekanligini yashirmadi

Netanyaxu yana bir bor Qatarga hujum qilish niyatida ekanligini yashirmadi

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu yana bir bor Qatarda bo‘lgan Falastinning HAMAS harakati yetakchilarini yo‘q qilish zarurligi haqida gapirdi.

Bu haqda Netanyaxu o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi postida yozib qoldirdi.

Unga ko‘ra, Falastin harakati yetakchilari tirik qolmoqda. Netanyaxu ularni G‘azo bo‘yicha muzokara jarayonini buzishda aybladi.

"Qatarda yashovchi HAMAS terrorchilarining yetakchilari G‘azodagi odamlarga qayg‘urmaydi. Ularning yo‘q qilinishi barcha garovga olinganlarimizni ozod qilish va urushni tugatish yo‘lidagi asosiy to‘siqni bartaraf qiladi", deb yozadi u.

9 sentyabr kuni Isroil armiyasi Dohada bo‘lib o‘tayotgan G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarda qatnashayotgan XAMAS delegasiyasiga zarba berdi. Hujumdan oldin Isroil bu haqda Qo‘shma Shtatlarni xabardor qilgan va ba’zi OAV xabarlariga ko‘ra, prezident Donald Trampdan "yashil chiroq" oldi.

"Yong‘in sammiti" deb nomlangan operasiya 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qilingan hujum uchun mas’ul harakatning yuqori martabali a’zolarini nishonga oldi. XAMASning aytishicha, Dohaga berilgan zarbalarda delegasiya a’zolaridan hech biri jabrlanmagan.

Kiritildi: 13:37 14.09.2025. O'qildi: 1297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!