Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Angliyada o‘tayotgan jahon chempionatida dastlabki oltin medalga ega bo‘ldi.
-75 kg vazn toifasida bahs olib borgan Fazliddin Erkinboyev finalda bolgariyalik Kivan Rami ustidan g‘alaba qozonib, terma jamoamizga musobaqadagi dastlabki chempionlikni taqdim etdi.