Yaponiyalik bokschi Naoya Inoue ikkinchi eng yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun kechgan jangda o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevni mag‘lubiyatga uchratdi.
32 yoshli yaponiyalik Naoya 12 raund natijalariga ko‘ra, hakamlarning bir ovozdan qarori bilan g‘alaba qozondi - 117-111, 118-110, 118-110.
Inoue professional darajada 31 ta mag‘lubiyatsiz g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 30 yoshli Ahmadaliyev 14 ta g‘alaba va 2 ta mag‘lubiyatga uchragan.
Yaponiyalik bokschi WBO, WBC, IBF, WBA va The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha 2-engil vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni hisoblanadi.