13 sentyabr, shanba kuni kechga yaqin Kiyev viloyatida bir qator portlashlar sodir bo‘ldi. Kiyev viloyat harbiy boshqarmasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, portlashlar Rossiya qo‘shinlarining havo hujumi bilan bog‘liq emas.
Bu haqda UNIAN agentligi xabar bermoqda.
"Kiyev viloyati hududida dushmanning havo nishonlari qayd etilmagan, "Havo hujumi" signali ham berilmagan. Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Batafsil ma’lumot keyinroq beriladi", deb yozdi u.
Ayni paytda "Ukrzaliznisa" Kiyev viloyatidagi infratuzilmaga zarar yetganini ma’lum qildi.
"Favqulodda vaziyat natijasida Kiyev yaqinidagi infratuzilmaga zarar yetkazilganligi sababli, "Boyarka" stansiyasi orqali o‘tuvchi qator poyezdlar o‘zgartirilgan yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi", — deyiladi xabarda.