Arab davlatlaridan faqat Jazoir Isroildan qo‘rqmaydi, deb xabar bermoqda Military Watch Magazine.
Jazoir Isroil harbiy-havo kuchlarining zarbalariga qarshi tura oladigan yagona arab davlati bo‘ldi, chunki u Rossiyaning zenit-raketa tizimlaridan foydalangan holda ishonchli havo mudofaa tizimini yaratishga katta mablag‘ sarfladi.
Nashrning ta’kidlashicha, Jazoir 2011-yildan, ya’ni G‘arbning fuqarolar urushiga aralashuvidan so‘ng qo‘shni Liviyada Muammar Qaddafiy rejimi yo‘q qilinganidan buyon G‘arbga tegishli bo‘lmagan qurollarni faol xarid qilib kelmoqda.
Bu havo mudofaa tizimlaridan tashqari, Jazoir Rossiyadan S-300 va S-400, shuningdek, Xitoyning HQ-9 ni sotib oldi. Bundan tashqari, Jazoir Harbiy-havo kuchlari o‘zining samolyotlar parkini kuchaytirdi va MiG-29dan tashqari, Su-30 va Su-35 samolyotlarini ham sotib oldi.
Qayd etish joizki, Jazoir Isroildan boshqa bir sababga ko‘ra qo‘rqmasligi mumkin: Jazoir hukumati an’anaviy ravishda Falastin arablari bilan birdamlikdan o‘ta anti-isroil pozisiyasini egallab turgan bo‘lsa-da, mamlakatlar o‘rtasida hech qanday nizolar yo‘q.