Bugun, 12 sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Spark va YPX mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 00:45 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida haydochilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro davlat raqam belgilarisiz Spark avtomashinasini boshqarib kelayotgan bo‘lgan. U harakat davomida o‘z yo‘nalishini Cho‘pon ota ko‘chasiga o‘zgartirib, 3-qatordan 1-qatorga keskin burilgan va harakatni o‘ngga burganda, o‘z yo‘nalishida 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Aytilishicha, YTH oqibatida avtomashina haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohat olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.