Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Zelenskiy Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv ehtimolini istisno etmadi

Zelenskiy Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv ehtimolini istisno etmadi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmasligini bildirdi. Bu haqda Ukraina rahbari ABC News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

Shu bilan birga, u bunday uchrashuv Rossiya hududida bo‘lmasligi lozimligini qayd etdi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, “Putin bu uchrashuvni keyinga qoldirish uchun hamma narsani qilayapti”.

Urush tugagan taqdirda AQSh va Yevropa ittifoqchilaridan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga to‘xtalgan Zelenskiy, ular faqat Ukraina armiyasiga asoslanishi mumkinligini ta’kidladi.

“Menimcha, prezident [Tramp] bu urushni tugatishni xohlaydi. Ammo agar biz adolatli va uzoq muddatli tinchlik haqida gapiradigan bo‘lsak, uni shunday yakunlash kerakki, ortidan yarim yil, bir yil yoki ikki yildan keyin yana tajovuz qilish imkoniyati bo‘lmasligi shart. Bu nafaqat urushni to‘xtatish, balki barqaror tinchlikni ta’minlash ham muhim”, — dedi Zelenskiy.

Kiritildi: 17:45 08.09.2025. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!